Birgina aniq zarba berish uchun Seul shahriga borgan O‘zbekiston terma jamoasi haqida

  • 16 noyabr, 2016, 15:55
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yil Rossiyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatining Saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashdi.

Toshkentda o‘tgan Eronga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Xitoy terma jamoasi ustidan g‘alaba qozongan milliy terma jamoamiz 5-turda Seulda yana bir bor to‘xtatib qolindi.

Gol urishni o‘rganib olgan Marat Bikmaev

Dastlabki daqiqalarda koreyaliklar keskin bosim uyishtirib, o‘yin tashabbusini o‘zlariga og‘dira olishdi. Xatto koreyalik posbon ham ximoyada ortiqcha o‘ziga ishongan holda o‘z jarima maydoni chizig‘i tashqarisida ham harakat qila boshladi. Bu vaziyatdan esa, Toshkentda o‘tgan Xitoyga qarshi bahsda gol urishni o‘rganib olgan Marat Bikmaev, ochiq olgan darvozani chamasi 32 metrlardan nishonga oldi va hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim statistikasi

Birinchi bo‘lim yakuniga qadar 1-0 hisobi saqlanib qolgan bo‘lsada, to‘pga egalik qilish borasida koreyaliklar ustunlik qilishdi, 68% - 32%. Biroq, terma jamoamiz vakillari raqiblariga qaraganda darvoza tomon bir marta ko‘proq zarba bera olishdi, garchi noaniq zarba bo‘lsada. E’tiborli jihati shundaki, bu bo‘limda jamoamiz posboni o‘zining o‘yindagi dastlabki va yagona “seyvini” amalga oshirdi.
 

Davron Hoshimovning “tezkorligi” hamda Aleksandr Lobanovning “epchilligi”

66-daqiqada chap qanotdan yorib kirgan Park Ju Ho Davron Hoshimovni tezlik bobida dog‘da qoldirdi va barcha O‘zbek futbol muxlislarining fikriga ko‘ra “terma jamoaga munosib bo‘lmagan darvozabon” deya qayd etilayotgan Aleksandr Lobanovning ustidan to‘pni oshirgan holda Nam Tay-Higa to‘pni etkazib berdi. Koreyalik yarim himoyachi esa ochiq qolgan darvozaga ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi.

Anzur Ismoilovning ikkinchi qavatdagi no‘noqligi va Aleksandr Lobanovdan o‘ziga hos “reaktsiya”

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolgan bir paytda esa, Hong Chulning maydon markazidan etkazib bergan to‘pini qaytarishda Anzur Ismoilov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchi qavatda ustunlikka erishgan Shin-Vuk Kim bosh bilan to‘pni Ku Ja-Chol ga etkazib berdi. Bundesliga vakili bu vaziyatda Lobanov qo‘riqlayotgan darvozani “teshib” qo‘ydi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Jarima maydoni ichidan berilgan zarbani Aleksandr Lobanov o‘zi qo‘riqlayotgan darvozaning yaqin burchagidan o‘tkazib yubordi.

Ikkinchi bo‘lim statistikasi

Pozitsion hujumlarda va to‘pga egalik qilish borasida mehmonlarga imkoniyat qoldirmagan koreyaliklar yakunda g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Darvoza tomon berilgan 6 ta zarbaning 3 tasi aniq amalga oshirilgan bo‘lsa, bu aniq zarbalarntng 2 tasi golga aylandi. Mezbon jamoa vakillari ikki bor sariq kartochka bilan siylanganiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchilari o‘yin qoidasini buzishda yaqqol ustunlik qilishdi (6 – 12). Ikkinchi bo‘limning eng yodda qoladigan jihati bu O‘zbekiston terma jamoasining raqib darvozasi tomon biror marta ham zarba bera olmagani bo‘lsa kerak. Hamyurtlarimiz so‘nggi 45 daqiqalikda Seung-Gyu Kim qo‘riqlayotgan darvozaga hatto noaniq zarba ham bera olmagan.

O‘yinchi almashtirishdagi xatolik yohud Shtilikining aqlli qarorlari

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz tarkibiga Aleksandr Geynrix, Javoxir Soxibov hamda so‘nggi paytlarda terma jamoada o‘ynay olmayotgan, biroq o‘z klubida gol urishdan to‘xtamayotgan Sardor Rashidov maydonga tushirildi. Biroq bu almashtirishlar o‘zini deyarli oqlamadi va natijada terma jamoamiz o‘yinida o‘rgarishlar kuzatilmadi.

Janubiy Koreya terma jamoasida esa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalaridan boshlab Li Je-Son, Shin-Vuk Kim hamda Chul Honglar maydonga tushirildi. Koreyaliklarning dastlabki golida bu uch o‘g‘lon bevosita ishtirok etmagan bo‘lsada, ikkinchi gol Chul Hong hamda Shin Vuk Kimning sayi-harakatlari sabab darvozamiz to‘ridan joy oldi.

Suriyaliklarning mardonovor o‘yini Samvev Babayanni “chiqish eshigi”dan biroz uzoqlashtirdi

Shu paytgacha ikki raqib jamoa bosh murabbiylarining iste’fosiga sabab bo‘lgan terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan, bu safar o‘zi iste’foga chiqarilishga judayam yaqin turgandi. Biroq, Malayziyaning Paroy shahrida o‘tkazilgan Suriya – Eron bahsidagi nursiz durang terma jamoamizga umid bag‘ishladi va Samvel Babayanning terma jamoada qolish ehtimolini biroz oshirdi.

"TheSokhibov"

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!