Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Rio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari qatnashmoqda (foto)

  • 24.11.2016 18:15
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, 24 noyabr kuni Bekobod shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi musobaqalar taqvimidan o‘rin olgan, joriy yilning yakuniy chempionatida Braziliya mezbonlik qilgan Rio Olimpiadasining g‘olib va sovrindorlari ham ishtirok etishadi.

Mazkur musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 20 jamoa tarkibida 215 nafardan ortiq bokschi g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladilar. Bellashuvlar 30 noyabrgacha davom etadi.

Ochilish marosimidan fotoreportaj

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!