Bokschilarimiz Grozniyda 7ta medalni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Grozniy shahrida joylashgan "Olimpiyskiy" sport saroyida boks bo‘yicha Ahmad Xoji Qodirovning xotirasiga bag‘shlangan turnir yakunlandi.
Mazkur musobaqaning finalida 49 kg vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nodirjon Mirzaahmedov rossiyalik Arbi Yushaevni, Abrorjon Qodirov esa 56 kgda rossiyalik Rizvan Jamburaevni, 64 kgda Aliyor Noraliev rossiliyak Musa Maruevni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek turnirda Shukurjon Rahimov kumush, Abdulhay Shorahmatov, Odil Aslanov, Bilolbek Mirzarahimov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar