Bokschilarimiz yarim finalda 100 foizlik natija qayd etishdi

  • 05.05.2017 20:03
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari biroz avval o‘z yakuniga etdi.

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan o‘z ishtirokini boshladi. Saralash bahslarida 100 foizlik natija qayd etgan hamyurtlarimiz chorak finalda ham barcha vazn toifasida ringga ko‘tarildi.

Chorak finalda esa faqatgina Sanjar Tursunov mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, qolgan 9 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi bilan birgalikda shu yil Germaniyada o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bugun bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarida barcha bokschilarimiz yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilishdi va oltin medallar tomon yana bir qadam tashlashdi.

49 kg. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Amit (Hindiston)

52 kg. Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Azamat Issakulov (Qozog‘is)

56 kg. Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) – Yon Hun Han (Janubiy Koreya)

60 kg. Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) – Jun Shan (Xitoy)

64 kg. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Bekdavlat Ibragimov (Qozog‘iston)

69 kg. Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Sajjad Kozimzodaposhtiriy (Eron)

75 kg. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)

81 kg. Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Jyabin Huan (Xitoy)

+91 kg. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Muhammad Mulaes (Suriya)

Batafsil natijalar bir ozdan so‘ng havola etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!