
Boku-2017: Farhod Sobirov ham kumush medalni qo‘lga kiritdi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining og‘ir atletika bo‘yicha -94 kilogramm vazn toifasida erkaklar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi.
Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilimiz Farhodbek Sobirov ikki mashq natijasiga ko‘ra, 380 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, kuchli raqobatni engib o‘tgan holda, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu vaznda oltin medalni esa 381 kilogramm toshni ko‘targan eronlik sportchi Saidayub Musavijarahi qo‘lga kiritdi.
Fikrlar