Boku-2017: Mironshoh bronza medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Islom Birdamlik o‘yinlarining boks musobaqasida finalchilar aniqlanmoqda.
Eng engil - 49 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Mironshoh Ibrohimov yarim finalda suriyalik Xussin Al-Masriy bilan raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda raqib 4:1 hisobida zafar quchdi va finalga yo‘llanma oldi. Mironshoh bronza medal bilan kifoyalandi.

Fikrlar