
Boku-2017: Sergey Fomin final yo‘lidagi dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslariga start berildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Serney Fomin dastlabki raundda malayziyalik Merzukiga qarshi kortga chiqqan hamyurtimiz Sergey Fomin raqibini ikki set natijasiga ko‘ra, 7:6, 6:1 hisobi bilan mag‘lub etib, saralash bosqichining ikkinchi raundi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi sportchimizga keyingi bosqichda Turkmaniston vaikli Rogusskiy raqiblik qiladi.
Qayd etish lozim, agarda, Fomin Rogusskiy to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, yarim final yo‘llanmasi uchun turkiyalik saralangan tennischi Chelikbilek va Eron vakili Nadaf Sichani qarama-qarshiligi g‘olibi bilan bellashishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar