Bonuchchini Evropaning 3ta grandi o‘z safiga chorlamoqda
"Milan" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi birdaniga Evropaning uch grand klubi qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli italiyalik futbolchiga PSJ, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jiddiy kurash boshladi.
Ma’lumot uchun, Bonuchchi o‘tgan mavsum 51ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar