Bonuchchining agenti PSJ vakillari bilan aloqaga chiqdi

  • 18.07.2018 20:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi "Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchining agenti parijliklar vakillari bilan aloqaga chiqqan. Biroq, ma’lumotlarga qaraganda futbolchining o‘zi “rossonerilar” safidan ketmoqchi emas.

Eslatib o‘tish lozimki, dastlab Bonuchchiga "Manchester Siti", "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!