"Bordo"ni yana bir etakchi tark etishi mumkin
Frantsiyaning "Bordo" klubi himoyachisi Yussuf Sabali faoliyatini "Napoli"da davom ettirishga juda yaqin turibdi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha ikkala klub ham 25 yoshli senegallik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan. Endi neapolliklar ushbu transferni yakunlash uchun futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishishsa bas.
Ma’lumot uchun, Sabali o‘tgan mavsum “Bordo” safida jami 39ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bordo”ning boshqa bir etakchisi – Malkom “Barselona” safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar