
“Borussiya D” himoyachisi jamoani tark etadi
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Neven Subotich boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, serbiyalik futbolchiga Evropaning bir necha klubi qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Midlsbro” va “Gamburg” jamoalari asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilgan.
Subotich Germaniya chempionatida 16 tur ortda qolgan bo‘lsada, biror marta ham maydonga tushmadi. Uning amaldagi shartnomasi 2018 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar