"Borussiya" Dortmund Manjukichga qiziqib qoldi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Mario Manjukich yana Germaniya Bundesligasiga qaytishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga Dortmundning “Borussiya” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Qayd etish lozimki, Manjukich yakuniga etgan JCh-2018da 6ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Ma’lumot uchun, Manjukich uchun Germaniya chempionati begona emas. U 2010-2012 yillarda “Volfsburg” hamda 2012-2014 yillarda “Bavariya” safida to‘p surgan.
Fikrlar