
"Borussiya" Dortmund asosiy hujumchisidan ayrildi
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Pako Alkaser kecha Bundesliganing 17-turida "Borussiya" Myunxengladbaxga (2:1) qarshi kechgan bahsda jarohat oldi.
25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 34-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etdi. Endi tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning qachon sog‘ayishi ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Pako joriy mavsum “Borusiya” Dortmund safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar