
Bronza medali uchun birinchi o‘yinda “Bunyodkor” "Do‘stlik-AIN"ga mag‘lub bo‘ldi
Bugun futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston chempionati bronza medallari uchun bahslar seriyasiga start berildi. Toshkentning "Bunyodkor" va Qarshining "Do‘stlik-AIN" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bellashuvda qarshiliklar so‘nggi daqiqada kiritilgan ikkita gol evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ertaga jamoalar ikkinchi o‘yinni o‘tkazishadi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Oliy liga
3-o‘rin uchun, 19.04.2017
"O‘zbekiston" sport majmuasi
"Bunyodkor" - "Do‘stlik-AIN" 2:4
Gollar: B.Baratov 1 (avt.), D.Valijonov 1 - F.Faxriddinov 2, 12, 40, 40
Fikrlar