Bu qiziq. "Tottenxem" so‘nggi 23 yilda ilk bor APLni barcha hamshaharlaridan yuqorida yakunlaydigan bo‘ldi
Londonning “Tottenxem” klubi APLning 31-tur qoldirilgan uchrashuvida “Nyukasl”ni engdi va o‘z ochkolari sonini 74taga etkazib oldi.
Shu tariqa “shporlar” musobaqa yakuniga bir tur qolganida chempionatni Londonning boshqa barcha jamoalaridan yuqorida yakunlashi aniq bo‘ldi. E’tiborlisi, “Tottenxem” 1994/95 yilgi mavsumdan buyon ilk bor premer-ligani hamshaharlaridan yuqori o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bu mavsum APLda "Tottenxem"dan tashqari "Chelsi", "Arsenal", "Kristal Pelas" va "Vest Xem" kabi London jamoalari ham ishtirok etishdi.

Fikrlar