Buffon "Oltin to‘p"ga eng munosib futbolchi kimligini aytdi

  • 18 oktabr, 2018, 15:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Janluiji Buffon bu yilgi “Oltin to‘p” da’vogarlari orasida yosh jamoadoshi Kilian Mbappeni qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

“Uning maydonda qanday o‘yin ko‘rsatishini va terma jamoasi safida jahon chempionatida qanday rol o‘ynaganini inobatga olganda u “Oltin to‘p”ga loyiq, ha. Buning aksini ayta olmayman.

Faoliyatim davomida bunday iqtidorli futbolchi bilan uchrashganmanmi? Mbappeni Italiyada Bajo, Del Pero va Tottiga o‘xshatishadi. Kilian haqiqiy iqtidor egasi, bundaylar bilan juda kam uchrashganman.

Agar u shunday ruhda davom etsa, yana uzoq yillar yuqori saviyada futbol o‘ynashi mumkin”, - deydi tajribali futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!