
Buffon chorak finalda "Lester"ga ro‘baro bo‘lishdan qo‘rqmoqda
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon UEFA Chempionlar ligasining chorak finalida "Lester"ga to‘g‘ri kelib qolishdan cho‘chimoqda.
"Bu bosqichda birinchi uchrashuvdagi hisob ahamiyatsiz bo‘lib qoladi va jamoalar keskin kurashlar olib borishadi. "Yuventus"ning o‘yini doimiy tarzda o‘sib bormoqda. Besh yil oldin biz o‘z oldimizga har mavsum kuchli sakkizlikdan joy olishni vazifa qilib qo‘yganmiz. Agar 10 marta ketma-ket bu bosqichgacha etib kela olsak, ohir-oqibat ularning birida chempion bo‘lishimiz mumkin.
Chorak finalda "Lester"ga to‘g‘ri kelmaslikni istardim. Chunki ular o‘ziga hos ruhiyatga ega. Ular har qanday raqibga osonlik bilan muammo tug‘dirishi mumkin", - deydi Buffon Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" nimchorak finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Portu"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Fikrlar