Bugun 3 ta yirik transfer e’lon qilinadi

  • 23 yanvar, 2019, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, ya’ni 23 yanvar kuni birdaniga 3ta yirik transfer e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda angliyalik jurnalist Nizaar Kinsella xabar bermoqda.

Unga ko‘ra kun yakuniga qadar "Chelsi" "Yuventus"dan argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainni ijaraga oladi, "Atletiko" esa "Chelsi"dan ispaniyalik hujumchi Alvaro Moratani ijaraga oladi, shuningdek, "Milan" "Jenoa" forvardi Kshishtof Pentekni sotib oladi.

Yuqorida nomlari tilga olingan har uchchala futbolchi ham aynan bugun yangi jamoalari safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va shartnoma imzolashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!