Bugun APLda markaziy bahs: "Liverpul" Londonda "Chelsi" mehmoni bo‘ladi

  • 29 sentabr, 2018, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan markaziy bahs bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, “Liverpul” Londonda “Chelsi” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

“Liverpul” ketma-ket 4ta o‘yindan buyon “Chelsi”ni mag‘lub eta olmayapti.

“Chelsi” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 6ta o‘yindan 4tasida g‘alaba qozongan, qolgan 2tasida esa durang o‘ynagan.

O‘tgan mavsum “Chelsi” o‘z maydonida “Liverpul”ni 1: hisobida engan bo‘lsa, safarda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Ushbu jamoalarning so‘nggi 9ta rasmiy o‘yinidan 6tasida durang natija qayd etilgan.

Bundan to‘rt kun oldin “Chelsi” Angliya liga kubogida “Liverpul”ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

"Chelsi" – "Liverpul"

Stadion: "Stemford Bridj" (London, Angliya)

Boshlanish vaqti: 21:30

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem)

"Chelsi": Kepa – Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Alonso, Kante, Kovachich, Jorjino, Villian, Azar, Jiru.

"Liverpul": Alisson – Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Milner, Veynaldum, Keyta, Salax, Firmino, Mane.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!