
Bugun APLning 9-turiga start beriladi
Bugun Angliya premer-ligasining 9-turiga start beriladi. Ushbu turni "Vest Xem" hamda "Brayton" klublari boshlab berishadi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Londondagi "Olimpiya" stadionida boshlanadi.
9-turda shuningdek muxlislar «Chelsi» - «Uotford», «Manchester Siti» – «Bernli», «Manchester Yunayted» - «Xaddersfild», «Arsenal» – «Everton» hamda «Tottenxem» «Liverpul» qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Fikrlar