Bugun Superligada 24-tur o‘yinlari start oladi
Kun doirasidan 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv soat 18:00 da start oladi.
Ayni shu vaqtda Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida "Neftchi" - "Nasaf" o‘yini ham boshlanadi.
Kunning so‘nggi qarama-qarshiligi esa Navoiyda kechadi. Unda mahalliy "Qizilqum" klubi "Qo‘qon-1912"ni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar