
Bugun Suriya - O‘zbekiston uchrashuvi. Birlashish vaqti keldi
Osiyo mintaqasidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi ikkinchi davrasiga bugun, 23 mart kuni start beriladi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Suriyaga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur bahsda Samvel Babayan shogirdlari ko‘k formada maydonga tushadi. Suriya termasi esa qizil libosda maydonda harakat qiladi. Kecha terma jamoamiz uchrashuvda ishtirok etish uchun Kuala-Lumpurdan Melakkaga ko‘chib o‘tgan edi.
Bugungi bahsda futbolchilarimizga omad tilab, qo‘llab-quvvatlashda davom etaylik. Zero, qolgan beshta o‘yinda ochko yo‘qotib bo‘lmaydi. Necha yillik orzularimiz amalga oshishiga ishonaylik, birlashaylik. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarishi zarur. Axir ular begona emas, o‘zimizning terma jamoa. Bugun tanqidni bir chetga surish lozim, murabbiylar, futbolchilar g‘alabani bizdan ham ko‘proq istashadi va ular imkon beraylik. Barchasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaylik.
- O‘zbekiston termasi neytral maydonda qanday o‘ynagan?
- JCh-2018 saralash bosqichi. Biznikilar joylashgan guruh statistikasi
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs Malakka shahridagi 40 ming muxlisga mo‘ljallangan Hang Jebat Stadium maydonida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.
Fikrlar