Bugun Toshkentda dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-Pri turniriga start beriladi
Bugun poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri start oladi. Toshkentda oltinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada jahonning 47 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi.
Milliy olimpiya ko‘mitasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -60 va -66 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalarida bahslar tashkil qilinadi. Bellashuvlarga soat 11:00 dan so‘ng start beriladi.



Fikrlar