Bugun Toshkentda vodiy «derbi»si bo‘ladi
"Qo‘qon-1912" futbolchilari Chirchiq shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Jamoaning Serbiyalik hujumchisi Filip Rayevats ham mashg‘ulotlarga qo‘shilgan.
Bugun jamoa o‘zining navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Raqib esa Farg‘ona viloyatining Oliy ligadagi yana bir vakili bo‘lgan Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi bo‘ladi. O‘ziga xos «derbi» Toshkentdagi «Bunyodkor» akademiyasiga qarashli maydonda bo‘lib o‘tadi.Uchrashuv soat 18-00 da boshlanadi.
Bugungi bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari A Merzlyakov, M Holmuhammedov hamda S Berdievlar , terma jamoa yig‘ini bois ishtirok etishmaydi.

Fikrlar