Bundesliga. “Bavariya” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
Mazkur turning ilk o‘yinida “Bavariya” poytaxtga safar uyushtirib, “Gerta” futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda maydon egalari kutilmaganda myunxenliklarni mag‘lubiyatga uchratishdi – 2:0. Ibishevich va Dudaning gollari “Bavariya”ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Qayd etish kerak, o‘tgan turda “Bavariya” o‘z maydonida “Augsburg” bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. O‘shanda jamoa ilk bor ochko yo‘qotgan edi.
Gerta – Bavariya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 23, penalti Ibishevich, 2:0 – 44 Duda.
Gerta – Kraft, Lazaro, Shtark, Rekik, Mittelshtedt, Shelbred, Mayer, Kalu (Lekki, 71), Duda, Dilrosun (Yastshembski, 90), Ibishevich (Zelke, 53).
Bavariya – Noyer, Kimmix, Zyule, Boateng, Alaba, Alkantara, Robben (Myuller, 52), Xames (Vagner, 72), Sanshesh (Gnabri, 63), Riberi, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Ibishevich (40), Kimmix (48), Dilrosun (90), Duda (90).

Fikrlar