Bundesliga. “Bavariya” o‘z uyida ochko yo‘qotdi
Germaniya chempionati 19-turida “Bavariya” jamoasi o‘z maydonida “Shalke-04” futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Robert Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, “Shalke-04” a’zosi Naldo 13-daqiqada hisobni tenglashtirdi. O‘yinda boshqa gollar kiritilmadi.
Mazkur turda “Bavariya”ni ta’qib qilayotgan “Leyptsig” jamoasi “Borussiya D” bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuvda “Leyptsig” turnir peshqadami bo‘lib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bavariya – Shalke-04 – 1:1
Gollar: 1:0 – 9 Levandovski, 1:1 – 13 Naldo.
Bavariya – Noyer, Bernat (Alaba, 77), Xummels, Rafinya (Lam, 77), Martines, Robben (Koman, 72), Xabi Alonso, Vidal, Duglas Kosta, Myuller, Levandovski.
Shalke-04 – Fermann, Xevedes, Naldo, Kolashinats, Badshtuber (Nastasich, 59), Shopf, Bentaleb, Gorettska (Kerer, 87), Stambuli, Burgshtaller (Shupo-Moting, 73), Kalidjuri.
Ogohlantirishlar: Bentaleb (61), Martines (77).

Fikrlar