"Bunyodkor" penaltilar seriyasida "Al Jaish"ni mag‘lub etdi va guruh bosqichiga yo‘l oldi

  • 07.02.2017 22:55
  • Isayev Bekzod
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xabaringiz bor, bugun Osiyo qit’asida OChL-2017 pley-off bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Ushbu bosqichda Toshkentning “Bunyodkor” klubi safarda Qatarning “Al Jaish” klubi bilan kuch sinashdi.

O‘ta ehtiyotkorlikka asoslangan o‘yinda tomonlar 90 daqiqada darvozalarni ishg‘ol qila olishmadi. Natijada uchrashuv bosh hakami qo‘shimcha taymlar belgiladi.

15 daqiqadan iborat 2 taymda ham gol kuzatilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotareyada esa omad "Bunyodkor"ga kulib boqdi 3:1. Ushbu g‘alaba "qaldirg‘ochlar"ni guruh bosqichiga olib chiqdi.   

“Al Jaish” – “Bunyodkor” 0:0 (3:1)

“Al Jaish”: 16.Ababakar, 4.Mendes (67.Jasim Al Hoshimi 90+4), 6.Isa, 8.Mufta, 10.Sardor Rashidov, 14.Metnani, 15.Traore (5.Muhammad Al Jabri 46), 18.Abdulrab, 23.Siddiq, 24.Seydu Keyta, 31.Romarino.

Zaxira: 22.Saud Muborak, 2.Murod Naji, 5.Muhammad Al Jabri, 13.Saloh Al Yahri, 27.Ahmad Moein, 33.Sayaf Muhsin, 67.Jasim Al Hoshimi

“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov (97.Javohir Esonqulov 65), 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To‘xtasinov (16.Alisher Sanoev 79), 21.Dilshod Ahmadaliev, 29.Otabek Shukurov.

Zaxira: 45.Dilshod Hamroev, 3.Islomjon Qobilov, 11.Vadim Chemirtan, 16.Alisher Sanoev, 22.Shoxrux Gadoev, 30.Xurshid G‘iyosov, 97.Javohir Esonqulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!