
"Bunyodkor" sobiq ustozini Avstraliya termasiga taklif etishdi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Luis Feliper Skolariga Avstraliya terma jamoasini boshqarishni taklif etishdi.
"Sokkeruz" bosh murabbiyligi 22 noyabrdan buyon bo‘sh turibdi. Ayni shu kuni jamoani JChga olib chiqqan Angelos Postekoglu iste`foga chiqarilgan edi.
"Men ular aloqaga chiqqan murabbiylardan biriman. Men JChda shunchaki o‘z jamoam bilan ishtirok etishni istamayman. Men bir yoki ikki yillik dasturga ega bo‘lgan oldiga maqsad va rejalar qo‘ygan jamoani boshqarishni istayman. Biroq taklif meni qiziqtirib qo‘ydi", - deb Skolarining so‘zlarini keltirib o‘tdi Reuters agentligi.
Ma’lumot uchun, Avstraliya terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra, guruhda Frantsiya, Daniya va Peru termalari bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.
Fikrlar