Chavandozimiz Gran-pri musobaqasida sovrindor bo‘ldi

Ot sporti bo‘yicha terma jamoamizx a’zosi Oqil Sobirjonov Rossiya poytaxtida o‘tkazilgan ot sporti bo‘yicha yirik Gran-pri musobaqasida sovrindor bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Turnirda Rossiya, O‘zbekiston, Belorus, Qozog‘iston va yana boshqa bir qator mamlakatlardan chavandozlar ishtirok etishdi. Oqil Sobirjonov bellashuvlarda barcha to‘siqlaridan xatolarsiz o‘tdi va uning qayd etgan natijasi musobaqa yakunida bronza medalini keltirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Oqil Sobirjonov konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zolari bilan Gollandiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib, jahonning ko‘zga ko‘ringan mutaxasislaridan konkur sir-asrorlarini o‘rganayotgan edi. U erda terma jamoamiz a’zolari yana bir necha kundan so‘ng Jakartada start oladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!