
"Chelsi" Azarga yangi narx qo‘ydi
Londonning "Chelsi" o‘zining etakchi futbolchisi hisoblangan Eden Azarning transfer narxini yana oshirdi. Bu haqda fichajes.com sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 27 yoshli futbolchining Belgiya terma jamoasi safida JCh-2018da ko‘rsatgan muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng “aristokratlar” uni 200 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Azar Rossiya mundialida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Madridning “Real” klubi Azar uchun “Chelsi”ga 170 mln evro taklif qilishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar