
“Chelsi” Kantening transfer narxini e’lon qildi
Londonning “Chelsi” klubi o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi N'Golo Kantening transfer bahosini e’lon qildi.
Unga ko‘ra “aristokratlar” rahbariyati 27 yoshli futbolchini 150 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Aytish kerakki, Kantega PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar