"Chelsi" tez orada Kante bilan shartnomani uzaytiradi

  • 15.11.2018 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi N'Kolo Kante bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “aristokratlar” tez orada 27 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Kantega PSJdan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, u Londonda qolishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!