"Chelsi" va "Yuventus" 17 yoshli futbolchi uchun kurash boshladi

  • 15 may, 2017, 15:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Gamburg” klubi hujumchisi Yann-Fete Arpga Evropaning top-klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 17 yoshli Germaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisi uchun “Chelsi”, “Yuventus” va Dortmundning “Borussiya” klublari kurash olib bormoqda.

Xorvatiya yashil maydonlarida o‘tgan Evropa chempionati (U17) bahslarida Arp ikki marta xet-trik qayd etgan. Uning “Gamburg” bilan tuzgan shartnomasi 2018 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!