
"Chelsi"ning ikki nafar hujumchisi bugun Angliya kubogi bahsida maydonga tusha olmaydi
Londonning "Chelsi" klubi hujumchilari - Olive Jiru va Pedro bugun Angliya kubogi 3-raundi doirasida "Nottingem Forest"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda ishtirok etishmaydi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuvni shuningdek “aristokratlar” etakchisi Eden Azar ham o‘tkazib yuboradi. Murabbiylar shtabi belgiyalik futbolchiga qo‘shimcha dam olish imkonini berishgan.
Ammo, yuqorida nomlari tilga olingan uchchala futbolchi ham 8 yanvar kuni “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya liga kubogi bahsida maydonga tushishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "Nottingem Forest" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar