Chempionlik jangida nokautga uchragan bokschining ahvoli og‘ir

  • 03.12.2018 11:06
  • 0
  • Boks

2 dekabr kuni (Toshkent vaqti bilan) Kvebekda (Kanada) professional boks kechasi tashkil etildi. Kechaning asosiy jangida yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tib, unda kanadalik Adonis Stivenson va ukrainalik Aleksandr Gvozdik o‘zaro kuch sinashdi.

Mazkur jangda ukrainalik bokschi raqibini 11-raundda nokautga uchratib, undan WBC chempionlik kamarini tortib oldi. Kanadalik bokschi bu vaziyatda Gvozdikning  kuchli zarbalarini o‘tkazib yubordi va qarshilik qila olmadi. Jang yakunlangandan keyin u jurnalistlar savollariga javob bera olmay qoldi va shifoxonaga jo‘natildi.

Shifoxonadagilar tarqatgan xabarga ko‘ra, 41 yoshli Stivenson intensiv terapiyada bo‘limida davolanmoqda. Uning ahvoli og‘irligini xabar bergan BoxingScene nashri.

Bokschining oilasi turli gap-so‘zlardan o‘zini tiyib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!