Chexiyalik milliarder A Seriya grandini sotib olmoqchi
Chexiyalik milliarder Daniel Krshetinski Italiya A Seriyasi grandlaridan birini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Football Italia nashrining xabar berishicha chexiyalik biznesmenni bu borada Rimning “Roma” klubi qiziqtirib qo‘ygan. Ammo, “bo‘rilar” xo‘jayini Jeyms Pallotta jamoani sotish borasida muzokaralarga hali tayyor emas. Uning fikricha klubni qimmatroqqa sotish uchun avval yangi stadion qurish kerak. Ta’kidlash lozimki, ayni damda “Roma” hamshahari “Latsio” bilan birga “Olimpiko” stadionidan foydalanib kelmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda Krshetinski dastavval “Milan”ni xarid qilishni istagan va “rossonerilar”ga buning uchun 600 mln evro taklif qilgan. Biroq, yakunda rad javobini olgan.

Fikrlar