"Chig‘atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda

  • 29 yanvar, 2019, 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish va hakamlarning mahoratini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 
 
Jumladan, "Chig‘atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun o‘quv-seminari boshlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Ushbu seminarni tajribali mutaxassis Vladislav Tseytlin olib boryapti. Seminar davomida hakamlar nazoratchilari o‘yin qoidalari bo‘yicha videotestlar topshirishmoqda. Bundan tashqari, nazariy bilimlarini tekshirish imtihonlari ham o‘tkaziladi.
 
Mazkur seminar 30 yanvarga qadar davom etadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan hakamlar nazoratchilari yangi mavsumda Superliga uchrashuvlarida faoliyat olib borishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!