Darmian faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishga juda yaqin turibdi.
CalcioMercato tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Aytish lozimki, bu borada “neradzurrilar”ga "Napoli" va "Roma" klublari jiddiy raqobat qilishi mumkin.
O‘z navbatida MYu safiga kelib qo‘shilganidan buyon asosiy tarkibdan muqim o‘rin ola olmayotgan Darmian ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Fikrlar