Davron Hoshimov nega "Surxon"ga o‘tmadi?

  • 14 fevral, 2019, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Osiyo kubogidan so‘ng himoyachi Davron Hoshimov “Lokomotiv”ga ko‘chib o‘tdi. Undan avvalroq esa uning “Surxon”ga ham ko‘chib o‘tishingiz haqida gap-so‘zlar chiqqandi. Bu xabarlar qanchalik haqiqatga mos edi? Bu savolga futbolchining o‘zi javob berdi.

- To‘g‘ri, “Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov bilan yaxshi aloqada edik. Shu bois Ilhom aka tomonidan menga taklif bo‘ldi. U bilan bir yil davomida ishladik. Meni “Paxtakor”dan “Navbahor”ga olib o‘tdi, imkoniyat berdi. O‘sha murabbiy orqali ham terma jamoaga qaytdim. O‘z ustimda ishlashda Ilhom Mo‘minjonov katta yordam berdi. “Navbahor”ga o‘tayotganimda seni terma jamoaga qaytaramiz degandi. “Surxon”ga bosh murabbiy bo‘lganidan keyin esa menga yana taklif bilan chiqdi. U bilan gaplashgach, yo‘q demadim, faqat taklifingizni o‘rganib chiqaman deb aytgandim. Keyinchalik menga “Lokomotiv”dan jiddiy taklif bo‘lganidan so‘ng Mo‘minjonovga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirdim va aka-ukachiligimiz yo‘qolmasin deya yaxshi ma’noda xayrlashdim.

Suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!