
Dele Alli – APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Dele Alli Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra APLda yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb tan olindi.
Iqtidorli futbolchi qatorasiga ikkinchi mavsum mazkur sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Ushbu sovringa, shuningdek, Xarri Keyn (“Tottenxem”), Maykl Kin (“Byornli”), Romelu Lukaku (“Everton”), Jordan Pikford (“Sanderlend”) va Leroy Sane (“Manchester Siti”) da’vogarlik qilgandi.
Joriy mavsumda 20 yoshli Dele Alli hisobida barcha o‘yinlarda 16 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq, “Chelsi” yarim himoyachisi N’Golo Kante APLda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar