
Dembele A Seriya grandiga o‘z xizmatlarini taklif qildi
Londonning "Tottenxem" klubi xavbeki Mussa Dembele tez orada jamoadan ketmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda u bu borada Turin super klubi vakillari bilan gaplashgan.
Ta’kidlash kerakki, Dembelening “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va u “Yuventus”ga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar