Dembelega xaridorlar ko‘paymoqda
Qishda "Barselona"ni tark etishi aytilayotgan vinger Usmon Dembelega birdaniga uchta top-klub qiziqish bildira boshladi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar kataloniyaliklar qishda 21 yoshli frantsuz futbolchisini transferga qo‘yishsa, uni "Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul" kabi jamoalar o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rishadi.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar