Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tennischilari uchun Avstraliya ochiq chempionatiga yo‘llanma beradigan saralash bahslarining g‘olibiga aylandi.

Denis Istomin saralash turnirining final bahsida Janubiy Koreyaning 18 yoshli tennischisi, Dak Hi Li ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Raqibiga qaraganda anchagina tajribali hisoblangan hamyurtimiz 81 daqiqa davom etgan bahsda 7-5, 6-1 hisobida zafar quchdi. Dunyoning 121-raqamli tennischisi Denis Istominning bu g‘alabasi unga kelasi yilgi Avstraliya ochiq chempionatida ishtirok etish imkoniyatini berdi.

Denis Istomin “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi bu chempionatning saralash bahslaridan ozod etilgan holda, ishtirokini asosiy bahslardan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!