"Deportivo" 61 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La-Korunyaning “Deportivo” klubi kecha Ispaniya chempionatining 22-turida “Real Sosedad”dan javobsiz 5ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Deportivo”ning joriy mavsumda o‘tkazib yuborgan gollari soni shu tariqa 51taga etgan. E’tiborlisi, ushbu klub so‘nggi marta 1956/57 yilgi mavsumda 22ta turdan so‘ng o‘z darvozasidan 50tadan ko‘p gol olib chiqqan (54ta).

Ma’lumot uchun, “Deportivo” 22ta turdan so‘ng 17 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!