
Devid Moyes nima uchun "Everton" Angliya chempioni bo‘la olmaganini aytdi
"Everton" klubi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes “irischilar”ning Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga nima to‘sqinliq qilganini aytdi.
“Men “Everton”ni 11 yarim yil boshqardim. Bizda o‘z uslubiga ega shakllangan jamoa bor edi. Menimcha chempion bo‘lishimiz uchun bizga faqatgina kuchli hujumchi kamlik qilgan. O‘sha paytda "Everton"da Mikel Arteta, Stiven Pienaar, Leyton Beyns, Sheymus Koulman, Silven Disten va Fil Jagelka kabi futbolchilar to‘p surishardi. Bu ajoyib jamoa edi”, - deydi shotlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Moyesning “Everton”dagi eng omadli mavsumi 2004/05 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa APLni kuchli to‘rtlikda yakunlay olgan edi.
Fikrlar