
Deyna Uayt: Konor ko‘p vaqt va mablag‘ yo‘qotdi
UFC prezidenti Deyna Uayt jangchi Konor MakGregorning avtobusga xujumi bilan bog‘liq sud jarayoni yakunlanganidan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.
- Konor ushbu xujum uchun ko‘p mablag‘ va vaqt yo‘qotdi. Ammo o‘zaro munosabatlarimiz bu vaziyatdan so‘ng o‘zgargani yo‘q. Konor Xabib bilan uchrashishi aniq, bu bahsni ko‘p muxlislar tomosha qilishni xohlayapti, - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Fighting nashri.
Ma’lumot uchun, Konor sud qarori bilan qamoq jazosidan ozod etildi va oktyabrda ringga chiqishga tayyor. Nurmagomedov esa jang noyabr bo‘lib o‘tishini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tish joizki, sud Konorga zarar etgan avtobus ta’mirini harajatlarini qoplash, besh kun jamoat ishida ishlashni jazo sifatida berdi.
Fikrlar