Dibala: "Yuventus" EChLda favoritligini maydonda isbotlashi kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala “Atletiko”ga qarshi EChL 1/8 final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Biz “Atletiko” o‘yin uslubini bilamiz. Diego Simeone jamoani yaxshi shakllantirgan. Finalgacha etib borish uchun va turnirda g‘alaba qozonish uchun har qanday raqibni yutish kerak. Oson o‘yinlar va kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. “Atletikohimoyada kuchli va qarshi hujumda o‘ynaydi. Agar himoyani unutib qo‘ysang, bundan foydalanadigan futbolchilar ko‘p. “Yuventus”ga kelganimda jamoa finalda “Barselona” bilan o‘ynagan. Keyingi mavsum yana finalga chiqdik va “Real”ga yutqazdik. Bunga e’tibor berish kerak emas. Biz asosiy favorit ekanmiz, buni maydonda ibotlashimiz kerak, – deydi Dibala UEFA matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
19/02/2019 15:02
Ронладуси бор ҳар қандай жамоа фаворит. юве ўзи шундоқ ҳам кучли эди. роналду келиб янада қутурди