
Dide Desham: Grizmann "Oltin to‘p"ga loyiq
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham shogirdi Antuan Grizmanning joriy yildagi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishdagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
“U “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun haqiqiy nomzod. U bunga loyiq. Albatta, bu sovringa da’vogar boshqa futbolchilar ham bor. Lekin Grizmann bunga ko‘proq loyiq”, - deydi Desham.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann o‘tgan mavsum “Atletiko” safida Evropa ligasida va Frantsiya terma jamoasida Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Fikrlar