Diego Godin EChLda hafta futbolchisi deb topildi

  • 22.02.2019 18:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor joriy hafta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bahslari bo‘lib o‘tdi.

UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Atletiko” Madrid himoyachisi Diego Godin barchadan ko‘p ovoz to‘plab EChLda hafta futbolchisi deb topildi.

Ta’kidlash kerakki nomzodlar orasida shuningdek Raxim Sterling («Man Siti»), Tiago Alkantara («Bavariya») va Jezon Denayer («Lion») kabi futbolchilar ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” 1/8 finalning dastlabki bahsida o‘z maydonida “Yuventus”ni 2:0 hisobida engdi. Shu kuni Godin jamoasi gollaridan biriga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!