
“Dinamo” – “Qo‘qon-1912”. Prevyu
Ertaga "Qo‘qon-1912" jamoasi 20-tur doirasida “Dinamo”ga qarshi maydonga tushadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga oid statistik ma’lumotlarni taqdim qildi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu kunga qadar Oliy ligada 17 bor to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 8 tasida vakillarimizning qo‘li baland kelgan. To‘rtta bahsda durang natija qayd etilgan. Beshta uchrashuvda samarqandliklar g‘alaba qozonishgan. To‘plar nisbati – 21-20, bizning foydamizga. O‘zaro o‘yinlarda jamoamiz 28 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Dinamo” esa 19 ochko bor.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
14.03.2015
Dinamo – Qo‘qon-1912 – 0:1 (0:1)
28.05.2003
Samarqand – Qo‘qon-1912 – 2:1 (1:1)
19.10.2002
Samarqand – Qo‘qon-1912 – 2:1 (2:0)
19.11.2000
Samarqand-Dinamo – Temiryo‘lchi – 2:3 (0:2)
01.08.1999
Samarqand – Temiryo‘lchi – 6:0 (2:0)
Hakamlar
Payshanba kuni o‘tkaziladigan “Dinamo” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Vladislav Tseytlin boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi. Ushbu hakam joriy yilda “Qo‘qon-1912”ning uchta uchrashuvini boshqarib borgandi.
Oliy liga, 20-tur
7 sentyabr, payshanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Kalinin (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: Sh. Jumaev (Qarshi).
O‘zPFL vakili: N. Lutfulin.
Boshlanish vaqtlari
Ertaga Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv soat 16:30da boshlanishi ko‘zda tutilgan. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi.
Fikrlar